Burun-yonoq-orbital kompleksi jarohatlarini innovatsion davolash natijalari
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.17101080Keywords:
3D bosma, sun’iy intellekt, davolashni rejalashtirish, suyaklarni qayta shakllantirish, to‘qimalar tiklanishi, amaliyot boshqaruvi.Abstract
Ushbu tadqiqot burun-yonoq-orbital kompleksi (BYOK) sinishlarini davolashda qo‘llanilayotgan yangi ko‘p
komponentli protokolning klinik samaradorligini baholashga qaratilgan. Mazkur protokol 3D-printerda tayyorlangan sun’iy
suyak implantlari, trombotsitlarga boy fibrin (TBF) membranalari, miniinvaziv jarrohlik usullari va to‘qimalar elastikligini
obyektiv baholovchi elastografiya texnologiyasini o‘z ichiga oladi. Tadqiqotga 2014–2024-yillar oralig‘ida uchta tibbiyot
muassasasida BYOK sinishi tashxisi qo‘yilgan, yoshi 18 dan 65 gacha bo‘lgan 197 nafar bemor jalb qilindi. Kiritish
mezonlariga Karnovskiy indeksi ≥70%, og‘ir yondosh kasalliklarning yo‘qligi va bemorning yozma roziligi kiritildi.
Barcha bemorlarda sinish xususiyatlarini aniqlash uchun multispiral kompyuter tomografiya (MSKT) va 3D-rekonstruksiya
bajarildi. Elastografiya esa operatsiyadan oldin, operatsiyadan so‘ng va tiklanish jarayonida sinish joyidagi to‘qimalarning
elastikligini vizualizatsiya va baholash uchun qo‘llandi. Barcha bemorlarga ko‘rish qobiliyatini tiklash, burun orqali nafas
olishni yaxshilash va ruhiy-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga olgan reabilitatsiya dasturi amalga oshirildi.
Tadqiqot guruhida 3D-printerda tayyorlangan sun’iy suyak, TBF membralari va miniinvaziv fiksatsiyadan foydalanish
orqali asoratlar darajasi nazorat guruhidagi 16,8 foizdan 8,8 foizgacha kamaydi (p<0,05). Elastografik baholashlar
transplantatlarning yaxshiroq elastikligi va integratsiyasini ko‘rsatdi. Shifoxonada qolish muddati taxminan 2–3 kunga
qisqardi, funksional tiklanish ko‘rsatkichlari esa sezilarli darajada yaxshilandi. 6 oylik kuzatuvda hayot sifati (SF-36)
yuqoriroq, og‘riq darajasi (VAS) esa pastroq bo‘ldi (p<0,05). Tadqiqot yakunlari ko‘p komponentli, individuallashtirilgan
yondashuv asosidagi ushbu zamonaviy protokol BYOK sinishlarini davolashda samaradorligini isbotladi va yuz-jag‘
rekonstruksiyasi sohasida ilg‘or texnologiyalarni kengroq joriy etish zarurligini ko‘rsatdi.