BOLALARDA NOEPILEPTIK PAROKSIZMAL HOLATLARNING KLINIK-SEMIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA DIFFERENSIALDIAGNOSTIK MEZONLARI

Authors

  • Maftuna Xikmatillo qizi Bobomurodova SamDTU nevrologiya yo‘nalishi tayanch doktorantura rezidenti
  • G‘aybiyev Ahmadjonovich Akmal SamDTU nevrologiya kafedrasi dotsenti, DSc
  • Shoxbozjon Izzatillo oʻgʻli Kuziyev Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti qoshidagi akademik litsey, tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.23086668

Keywords:

bolalar, noepileptik paroksizmlar, funksional tutqanoqlar, sinkope, klinik semiologiya, EEG, video-EEG, differensial diagnostika

Abstract

Dolzarbligi. Bolalarda noepileptik paroksizmal holatlar klinik jihatdan epileptik xurujlarga o‘xshash bo‘lishi mumkin bo‘lgan, biroq patogenetik va neyrofiziologik jihatdan geterogen hodisalar guruhini tashkil etadi. Maktab yoshidagi bolalarda hushning qisqa muddatli buzilishi, sinkopal holatlar, funksional (psixogen noepileptik) tutqanoqlar, paroksizmal harakat fenomenlari, psixovegetativ va giperventilyatsion epizodlar differensial tashxisning asosiy obyektlaridan hisoblanadi. Pediatrik video-EEG monitoring markazida o‘tkazilgan 15 yillik tahlilda 1173 bolaning 226 nafarida, ya’ni 19,3% holatda yakuniy tashxis noepileptik paroksizmal hodisa bo‘lgan; ushbu bemorlarning 46,5% i avval epilepsiya tashxisini olgan, noepileptik tabiati aniqlangach esa 24,8% da antixuruj preparatlari to‘xtatilgan. Bu ma’lumotlar noto‘g‘ri tashxisning klinik ahamiyatini ko‘rsatadi [2]. Bolalarda noepileptik paroksizmal holatlar klinik jihatdan epileptik xurujlarga o‘xshash bo‘lib, differensial tashxisda muayyan qiyinchiliklar tug‘diradi. Tadqiqotning maqsadi 7–14 yoshli bolalarda ushbu holatlarning klinik-semiologik xususiyatlari va sindromologik spektrini baholash hamda epileptik xurujlardan farqlovchi diagnostik belgilarni tizimlashtirishdan iborat. 2024–2025 yillarda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasida paroksizmal holatlar bilan murojaat qilgan 195 nafardan ortiq bola dastlabki tekshiruvdan o‘tkazildi. Belgilangan mezonlar asosida 65 nafar bola tadqiqotga kiritilib, 37 nafari (56,9%) asosiy va 28 nafari (43,1%) taqqoslash guruhini tashkil etdi. Paroksizmlarning triggerlari, davomiyligi, takrorlanishi, hush holati, motor, vegetativ va emotsional belgilari, shuningdek, xurujdan oldingi va keyingi holatlar kompleks baholandi. Natijalar noepileptik paroksizmlarni tashxislashda xurujning to‘liq klinik-semiologik profilini baholash muhimligini ko‘rsatdi. Differensial diagnostikada klinik ma’lumotlarni nevrologik tekshiruv, EEG/video-EEG hamda zaruratga ko‘ra kardiologik va psixonevrologik baholash natijalari bilan kompleks tahlil qilish maqsadga muvofiq.

References

1. Reilly, C., Jette, N., Johnson, E. C., Kariuki, S. M., Meredith, F., Wirrell, E., Mula, M., Smith, M. L., Walsh, S., Fong, C. Y., Wilmshurst, J. M., Kerr, M., Valente, K. D., & Auvin, S. (2023). Scoping review and expert-based consensus recommendations for assessment and management of psychogenic non-epileptic (functional) seizures (PNES) in children: A report from the Pediatric Psychiatric Issues Task Force of the International League Against Epilepsy. Epilepsia, 64(7), 1766–1784. https://doi.org/10.1111/epi.17768

2. Yavuz, P., Gunbey, C., Karahan, S., Topcu, M., Turanli, G., & Yalnizoglu, D. (2023). Non-epileptic paroxysmal events at pediatric video-EEG monitoring unit over a 15-year period. Seizure, 108, 89–95. https://doi.org/10.1016/j

3. Gowda, V. K., Amoghimath, R., Benakappa, N., & Shivappa, S. K. (2019). Spectrum of nonepileptic paroxysmal events in children from Southern India. Journal of Neurosciences in Rural Practice, 10(4), 608–612. https://doi.org/10.1055/s-0039-3399472

4. Szabó, L., Siegler, Z., Zubek, L., Liptai, Z., Körhegyi, I., Bánsági, B., & Fogarasi, A. (2012). A detailed semiologic analysis of childhood psychogenic nonepileptic seizures. Epilepsia, 53(3), 565–570. https://doi.org/10.1111/j.1528-

5. Sohal, A. P. S., Khan, A., & Hussain, N. (2014). Utility of video-EEG monitoring in children with paroxysmal events. Journal of Clinical Neurophysiology, 31(2), 149–151. https://doi.org/10.1097/WNP.0000000000000035

6. Watemberg, N., Tziperman, B., Dabby, R., Hasan, M., Zehavi, L., & Lerman-Sagie, T. (2005). Adding video recording increases the diagnostic yield of routine electroencephalograms in children with frequent paroxysmal events. Epilepsia, 46(5), 716–719.

7. Thabit, M. N., Sadek, A. A., Motawe, E. S., Ali, R. A. E., & Mohamed, M. M. (2021). Non-epileptic paroxysmal events in paediatric patients. Seizure, 86, 123–128. https://doi.org/10.1016/j.seizure.2021.02.004

8. Madaan, P., Gulati, S., Chakrabarty, B., Sapra, S., Sagar, R., Mohammad, A., et al. (2018). Clinical spectrum of psychogenic non-epileptic seizures in children: an observational study. Seizure, 59, 60–66. https://doi.org/10.1016/j.seizure.2018.04.024

9. Yılmaz, Ü., Serdaroğlu, A., Gürkaş, E., Hirfanoğlu, T., & Cansu, A. (2013). Childhood paroxysmal nonepileptic events. Epilepsy & Behavior, 27(1), 124–129.

10. Patel, H., Scott, E., Dunn, D., & Garg, B. (2007). Nonepileptic seizures in children. Epilepsia, 48(11), 2086–2092.

11. Kotagal, P., Costa, M., Wyllie, E., & Wolgamuth, B. (2002). Paroxysmal nonepileptic events in children and adolescents. Pediatrics. 2002;110(4). DOI: 10.1542/peds.110.4.e46. https://doi.org/10.1542/peds.110.4.e46

12. Shen, W. K., Sheldon, R. S., Benditt, D. G., et al. (2017). 2017 ACC/AHA/HRS Guideline for the Evaluation and Management of Patients With Syncope. Circulation. 2017;136(5)–e122. DOI:0.1161/CIR.0000000000000499.

Downloads

Published

2026-09-25

How to Cite

1.
Bobomurodova MX qizi, Akmal GA, Kuziyev SI oʻgʻli. BOLALARDA NOEPILEPTIK PAROKSIZMAL HOLATLARNING KLINIK-SEMIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA DIFFERENSIALDIAGNOSTIK MEZONLARI. TTI [Internet]. 2026 Sep. 25 [cited 2026 Nov. 18];2(9):277-83. Available from: https://tibbiyot-talimi-va-innovatsiyalari.uz/index.php/TTI/article/view/112
Vol. 2 No. 9 (2026): Journal of "Medical Education and Innovations"