GIPOGONADOTROP GIPOGONADIZMLI AYOLLARDA ERTA MIOKARD REMODELLANISHINING ELEKTROKARDIOGRAFIK VA EXOKARDIOGRAFIK BELGILARI: KASALLIK DAVOMIYLIGI VA GORMONAL O‘RNINI BOSUVCHI TERAPIYANING AHAMIYATI

Authors

  • Dilafruz Ismatullo qizi Hamroyeva Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tadqiqotchisi; EMU university katta o‘qituvchisi
  • Dilorom Sharifovna Xolova tibbiyot fanlari doktori, Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi neyroendokrinologiya ilmiy laboratoriyasi mudiri https://orcid.org/0009-0006-7336-0439

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.23101816

Keywords:

gipogonadotrop gipogonadizm, gipoestrogenizm, elektrokardiografiya, exokardiografiya, chap qorincha chiqarish fraksiyasi, miokard remodellanishi, gormonal o‘rnini bosuvchi terapiya

Abstract

Gipogonadotrop gipogonadizm uzoq davom etuvchi gipoestrogenizm tufayli yurakning struktur-funksional moslashuviga klinik kasallik paydo bo‘lishidan oldin ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotning maqsadi gipogonadotrop gipogonadizmli ayollarda elektrokardiografik va exokardiografik erta o‘zgarishlarni aniqlash hamda ularning kasallik davomiyligi va gormonal o‘rnini bosuvchi terapiya bilan bog‘liqligini baholashdan iborat. Tahlilga 18–44 yoshdagi 77 nafar bemor va 50 nafar amalda sog‘lom ayol kiritildi. Asosiy guruhda chap qorincha chiqarish fraksiyasi 59,4±1,9% bo‘lib, nazoratdagi 62,1±3,8% ga nisbatan past, yakuniy sistolik o‘lcham va qorinchalararo to‘siq qalinligi esa yuqori edi. Muntazam gormonal terapiya olganlarda chiqarish fraksiyasi yuqoriroq va chap qorincha o‘lchamlari kichikroq bo‘ldi. Kasallik ≥5 yil davom etganda chiqarish fraksiyasi 58,1±3,5% gacha pasayib, sistolik o‘lcham va to‘siq qalinligi oshdi. EKGda sinus taxikardiyasi, ST–T o‘zgarishlari va repolyarizatsiya buzilishlari terapiyasiz hamda uzoq davom etgan kasallik guruhlarida ko‘proq uchradi, biroq kategorik farqlar statistik ahamiyatga yetmadi. Ilmiy yangilik EKG va EchoCG belgilarini terapiya va kasallik davomiyligi bo‘yicha stratifikatsiya qilgan holda birgalikda, original klinik ma’lumot sifatida baholashdan iborat.

References

1. Gersh, F., O’Keefe, J. H., Elagizi, A., Lavie, C. J., & Laukkanen, J. A. (2024). Estrogen and cardiovascular disease. Progress in Cardiovascular Diseases, 84, 60–67.

2. Garcia, M., Mulvagh, S. L., Merz, C. N. B., Buring, J. E., & Manson, J. E. (2016). Cardiovascular disease in women: clinical perspectives. Circulation Research, 118, 1273–1293.

3. Tannock, L. R. (2022). Management of Dyslipidemia in Endocrine Diseases. Endocrinology and Metabolism Clinics of North America, 51(3), 589–602. https://doi.org/10.1016/j.ecl.2022.02.003

4. Bangalore Krishna K., Fuqua J.S., Witchel S.F. Hypogonadotropic Hypogonadism. (2024). Endocrinology and Metabolism Clinics of North America, 53(2), 279–292.

5. Young, J., Xu, C., Papadakis, G. E., Acierno, J. S., Maione, L., Hietamäki, J., Raivio, T., & Pitteloud, N. (2019). Clinical Management of Congenital Hypogonadotropic Hypogonadism. Endocrine Reviews, 40(2), 669–710.

6. Roeters van Lennep J.E., Heida K.Y., Bots M.L., Hoek A. Cardiovascular disease risk in women with premature ovarian insufficiency. (2016). European Journal of Preventive Cardiology, 23, 178–186.

7. Shufelt, C. L., Saadedine, M., Cook-Wiens, G., et al. (2024). Functional Hypothalamic Amenorrhea and Preclinical Cardiovascular Disease. Journal of Clinical Endocrinology & Metabolism, 109(1).

8. Hamroyeva, D. I., Kholova, D. Sh., & Khalimova, Z. Yu. (2024). Роль неактивной аденомы гипофиза в развитии гипогонадотропного гипогонадизма. Узбекистон тиббиёт журнали, (4), 138–143.

9. Hamroyeva, D. I., & Kholova, D. Sh. (2023). Особенности течения гипогонадотропного гипогонадизма у женщин. Центральноазиатский эндокринологический журнал, (2), 20–24.

10. Hamroyeva, D. I., & Kholova, D. Sh. (2023). Влияние гонадотропных и половых гормонов на сердечно-сосудистую систему. Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (6), 143–148.

Downloads

Published

2026-09-26

How to Cite

1.
Hamroyeva DI qizi, Xolova DS. GIPOGONADOTROP GIPOGONADIZMLI AYOLLARDA ERTA MIOKARD REMODELLANISHINING ELEKTROKARDIOGRAFIK VA EXOKARDIOGRAFIK BELGILARI: KASALLIK DAVOMIYLIGI VA GORMONAL O‘RNINI BOSUVCHI TERAPIYANING AHAMIYATI. TTI [Internet]. 2026 Sep. 26 [cited 2026 Nov. 19];2(9):296-9. Available from: https://tibbiyot-talimi-va-innovatsiyalari.uz/index.php/TTI/article/view/115
Vol. 2 No. 9 (2026): Journal of "Medical Education and Innovations"