ANDIJON VILOYATI AYOLLAR POPULYATSIYADA QALQONSIMON BEZ PATOLOGIYALARI FONIDA SUT BEZI SARATON VA SARATON OLDI HOLATLARINI UCHRASH CHASTOTASI

Authors

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.23178946

Keywords:

qalqonsimon bez, gipotireoz, gipertireoz, sut bezi, sut bezi saratoni, saratonoldi holatlar, proliferativ o‘zgarishlar, gormonal disbalans, mammografiya, ultratovush tekshiruvi, sitologiya, biopsiya, diagnostik algoritm

Abstract

Mazkur tadqiqotda Andijon viloyati ayollar populyatsiyasida qalqonsimon bez patologiyalari, xususan, gipotireoz va gipertireoz fonida sut bezi kasalliklari hamda saratonoldi o‘zgarishlarining uchrash xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqot 2021–2024 yillarda o‘tkazilib, jami 180 nafar ayol, jumladan, qalqonsimon bez kasalliklari mavjud 120 nafar ayoldan iborat asosiy guruh va 60 nafar sog‘lom ayoldan iborat nazorat guruhi qamrab olindi. Tadqiqot davomida klinik ko‘rik, gormonal tahlillar, ultratovush tekshiruvi, mammografiya, sitologik tekshiruv va biopsiya usullaridan foydalanildi. Aniqlanishicha, gipotireoz fonida sut bezlarida saratonoldi o‘zgarishlar 46,3% hollarda, gipertireozda 30,0% hollarda, nazorat guruhida esa 6,6% hollarda kuzatilgan. Sut bezi saratonining I–II bosqichlari gipotireoz guruhida 13,8%, gipertireoz guruhida 10,0% ni tashkil etgan, nazorat guruhida esa aniqlanmagan. Olingan natijalar qalqonsimon bez faoliyatidagi gormonal buzilishlar va sut bezi to‘qimalaridagi proliferativ hamda displastik o‘zgarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari asosida qalqonsimon bez patologiyasi mavjud ayollarda sut bezi kasalliklarini erta aniqlashga qaratilgan kompleks diagnostik algoritm taklif etildi.

References

1. Ajjan R., A., & Weetman A., P. (2020). The Pathogenesis of Thyroid Autoimmune Disease. Endocr. Rev, 41(3), 345–360.

2. Giustarini, E., et al. (2021). Endocrine interplay between thyroid and breast tissue. Front. Endocrinol., 2021; 12:.

3. Kasimova D., Sh., & Shermatova N., A. (2023). Endokrin patologiya va sut bezi saraton kasalliklari. O‘zbek tibbiyot jurnali, 6(2), 41–48.

4. Kizilgul, M., et al. (2021). Relationship between hypothyroidism and breast cancer risk. J. Endocr. Invest, 44(5), 1057–1063.

5. Nargisova, S., & Rakhmonova, G. (2024). Thyroid dysfunction and precancerous breast changes in Uzbek female population. Asian Pacific J. Cancer Prev, 25(1), 87–93.

6. Papi, G., et al. (2018). Thyroid disease and breast cancer: an emerging association. Endocr. Relat. Cancer, 2018; 25(9): R453–R471.

7. Smyth P., P. (2020). The thyroid, iodine and breast cancer. Breast Cancer Res., 2020; 22(1): 123.

8. Szybiak, B., et al. (2019). Correlation between thyroid diseases and breast cancer. Endocrine Connections, 8(10), 1200–1208.

9. Tursunova M., A. (2022). Yod tanqisligi va gipotireozning ayollar salomatligiga ta’siri. Andijon tibbiyot axborotnomasi, 4(3), 55–61.

10. World Health Organization (WHO). Global Breast Cancer Report 2023. Geneva: WHO, 2023.

Downloads

Published

2026-10-05

How to Cite

1.
Mahmudjonova SS qizi. ANDIJON VILOYATI AYOLLAR POPULYATSIYADA QALQONSIMON BEZ PATOLOGIYALARI FONIDA SUT BEZI SARATON VA SARATON OLDI HOLATLARINI UCHRASH CHASTOTASI. TTI [Internet]. 2026 Oct. 5 [cited 2026 Oct. 22];2(10):65-9. Available from: https://tibbiyot-talimi-va-innovatsiyalari.uz/index.php/TTI/article/view/124
Vol. 2 No. 10 (2026): Journal of "Medical Education and Innovations"