PROSTATA BEZI SARATONI DAVOLANGANIDAN KEYIN URODINAMIK TEST NATIJALARINING TAHLILI

Authors

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.22790466

Keywords:

prostata bezi saratoni, androgen deprivativ terapiya, giperfaol qovuq, urodinamika

Abstract

Saratonning barcha turlarida muvaffaqiyatli davolash va sog‘liqni saqlash uchun bemorlarni erta aniqlash zarur. Biroq prostata bezi saratonining aksariyat holatlari sekin rivojlanish xususiyatiga ega bo‘lganligi sababli («xavfi past» o‘sma deb tasniflanadi), erkaklar faol kuzatuv strategiyasini xavfsiz qo‘llash orqali darhol davolanish va u bilan bog‘liq nojo‘ya ta’sirlardan qochishlari mumkin [6]. Prostata bezi saratoni va qovuq giperfaolligi bo‘lgan bemorlarda androgen deprivativ terapiya fonida kompleks yordamchi terapiyaning urodinamik simptomlarga ta’sirini baholash, davolashdan keyingi davrda siydik chiqarish funksiyasidagi o‘zgarishlarni tahlil qilish hamda terapiya samaradorligini 1, 3 va 6 oylik kuzatuv natijalari asosida aniqlash. Tadqiqot uchun materiallar 2020-2025 yillar davomida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali va Samarqand viloyat hududlararo Hospisida o‘tkazilgan klinik tadqiqot doirasida to‘plangan. Asosiy ma’lumotlar to‘plamiga prostata bezi saratoni tashxisi qo‘yilgan va qovuqning giperfaolligi ko‘rinishidagi urologik patologiyasi bo‘lgan bemorlar haqidagi ma’lumotlar kiritilgan. to‘liq bo‘shanmasligi alomatini tahlil qilganda, davolanishdan oldin simptomlarning yo‘qligi (0 ball) asosiy guruhdagi bemorlarning 12,3%ida, nazorat guruhining 9,1%ida va giperfaol qovuq terapiyasisiz androgen-deprivatsion terapiya guruhining 10,0%ida aniqlandi. Belgilar juda sust ifodalangan (1 ball) holatlar mos ravishda guruhlar ishtirokchilarining https://tibbiyot-talimi-va-innovatsiyalari.uz Sentabr, 2026-yil. 9-son TIBBIYOT TALIMI VA INNOVATSIYALARI 18,5%, 18,2% va 16,6%ida kuzatilgan. Yengil ifodalangan belgilar (2 ball) har bir guruhdagi bemorlarning 23,1%, 23,6% va 22,3%ida kuzatilgan. Prostata bezi saratoni va qovuqning giperfaolligi bo‘lgan bemorlarda 6 oylik terapiyadan keyingi ma’lumotlarga asoslanib, quyidagi xulosalar chiqarish mumkin: natijalar shuni ko‘rsatadiki, uzoq muddatli davolanish bemorlarda urodinamik alomatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Qovuqning to‘liq bo‘shanmasligi, peshob chiqarish chastotasi, peshob chiqarishning uzilib-uzilib kelishi va boshqa alomatlar bo‘lmagan bemorlarning foizi 6 oylik terapiyadan so‘ng sezilarli darajada oshdi.

References

1. Yusupov, S.H. Modern approaches to the treatment of advanced prostate cancer: Abstract of a PhD thesis in Medical Sciences: 14.00.14. – Tashkent, 2019. – p. 48.

2. Akpayak, I. C., Shuaibu, S. I., Ofoha, C. G., Dakum, N. K., Ramyil, V. M., Onowa, V. E., Agbo, C. A., Nabasu, L. E., & Galam, Z. Z. (2020). Lower urinary tract symptoms in patients with advanced prostate cancer: What are the outcomes of androgen deprivation therapy? Niger Postgrad Med J. 2020 Jan-Mar;27(1):49-53. 49-53.

3. Kopp, W. (2019). How Western Diet and Lifestyle Drive the Pandemic of Obesity and Civilization Diseases. Diabetes Metab Syndr Obes. 2019 Oct 24;12:2221-2236.

4. Li, J. R., Wang, S. S., Chen, C. S., Cheng, C. L., Hung, S. C., Lin, C. H., & Chiu, K. Y. (2022). Conventional androgen deprivation therapy is associated with an increased risk of cardiovascular disease in advanced prostate cancer, a nationwide population-based study. PLoS One. 2022 Jun 28;17(6):e0270292. e0270292.

5. Rizk, P. J., Kohn, T. P., Pastuszak, A. W., & Khera, M. (2017). Testosterone therapy improves erectile function and libido in hypogonadal men. Curr Opin Urol. 2017 Nov;27(6):511-515. doi: 10.1097/MOU.0000000000000442. PMID: 28816715; PMCID: PMC5649360. 10.1097/MOU.0000000000000442. https://doi.org/10.1097/MOU.0000000000000442

6. Skowronek, J. (2013). Brachytherapy in the therapy of prostate cancer - an interesting choice. Contemp Oncol (Pozn), 17(5), 407–12.

7. Withrow, D., Pilleron, S., Nikita, N., Ferlay, J., Sharma, S., Nicholson, B., Rebbeck, T. R., & Lu-Yao, G. (2022). Current and projected number of years of life lost due to prostate cancer: A global study. Prostate. 2022 Aug;82(11):1088- 1097.

8. Yang, P. J., Lin, C. W., Lee, C. Y., Huang, J. Y., Hsieh, M. J., & Yang, S. F. (2023). The Use of Androgen Deprivation Therapy for Prostate Cancer Lead to Similar Rate of Following Open Angle Glaucoma: A Population-Based Cohort Study. Cancers (Basel).

9. Sulaymanov, D. A., Sabirov, J. R., Yigitaliyev, A. B., & Sarvar, T. I. (2026). QALQONSIMON BEZ SARATONINING KLINIK KECHUVI XUSUSIYATLARIGA BOG‘LIQ HOLDA INTERLEYKINLAR DINAMIKASINI BAHOLASH. TIBBIYOT TA’LIMI VA INNOVATSIYALARI, 2(9), 28–33. https://doi.org/10.5281/zenodo.22766746

Downloads

Published

2026-09-16

How to Cite

1.
Haqqulov EB, Alimov JU o‘g‘li, Rahmatullayev AO o‘g‘li, Sabirov AA o‘g‘li. PROSTATA BEZI SARATONI DAVOLANGANIDAN KEYIN URODINAMIK TEST NATIJALARINING TAHLILI. TTI [Internet]. 2026 Sep. 16 [cited 2026 Nov. 18];2(9):58-62. Available from: https://tibbiyot-talimi-va-innovatsiyalari.uz/index.php/TTI/article/view/72
Vol. 2 No. 9 (2026): Journal of "Medical Education and Innovations"