“ONANING HAVONI IFLOSLANTIRUVCHI MODDALARGA SURUNKALI TA’SIRLANISHI SHAROITIDA NASL JIGARINING POSTNATAL RIVOJLANISHI VA DIFFERENSIALLANISHINING XUSUSIYATLARINI IMMUNOGISTOKIMYOVIY BAHOLASH USULI”

Authors

  • Feruza Xusanovna Azizova Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi mudiri, t. f. d., professor
  • G‘ayrat Abdusalomovich Abdusalomov Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali ichki kasalliklar kafedrasi mudiri
  • Soatjon Sodikovich Mamasidikov Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali ichki kasalliklar kafedrasi assistent o‘qituvchisi
  • Qobil Xakimovich Xasanov Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali ichki kasalliklar kafedrasi assistent o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.22975736

Keywords:

Havo ifloslanishi, jigar, Kupffer hujayralari, Ki-67, Caspase-3, postnatal rivojlanish, DOHaD, kalamush modeli

Abstract

Onaning homiladorlik davrida atmosfera havosining ifloslanishiga surunkali ta’sirlanishi naslning jigar rivojlanishiga platsenta va ona suti orqali salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi zamonaviy tibbiyot fanida faol o‘rganilayotgan dolzarb yo‘nalishlardan biridir. Ushbu tadqiqotning maqsadi onaning havoni ifloslantiruvchi moddalarga surunkali ta’sirlanishi sharoitida nasl jigarining postnatal rivojlanishi va differensiallanishini immunogistokimyoviy usulda baholashdan iborat. Tadqiqot uch eksperimental guruh — Nazorat (HEPA bilan filtrlangan havo), 1-tajriba (oddiy shahar havosi) va 2-tajriba (sun’iy ravishda kuchli ifloslangan havo) — asosida amalga oshirildi. Onalar homiladorlik va laktatsiya davrida tegishli havo sharoitiga uchratildi. Kalamushlar nasli postnatal ontogenezning 7-, 14-, 21- va 30-kunlarida tekshiruvga olindi (n=96). Jigar to‘qimasida Ki-67, Caspase-3 va CD68 musbat hujayralar soni bevosita sanaldi va Kraskel-Uollis mezoni yordamida tahlil qilindi. Nazorat guruhida barcha ko‘rsatkichlar fiziologik tarzda pasaydi. 2-tajriba guruhida Caspase-3 ko‘rsatkichi progressiv ravishda oshib, 30-kunga kelib maksimal darajaga (12,7±6,4) yetdi (Nazoratda 0,3±0,7; p<0,0001), Ki-67 esa 14-kundanoq butunlay yo‘qoldi. CD68 ko‘rsatkichi bo‘yicha guruhlararo farq 21-kunda eng yaqqol namoyon bo‘ldi (p=0,0004). Tadqiqot natijalari onaning surunkali ta’sirlanishi naslda gepatotsitlarning proliferativ zaxirasini erta tugatib, progressiv apoptotik zararlanishga hamda Kupffer hujayralari reaktivligining o‘zgarishiga olib kelishini tasdiqladi.

References

1. Zaret KS, Grompe M. (2008). Generation and regeneration of cells of the liver and pancreas. Science. 322(5907):1490–1494.

2. Yu Y, et al. (2024). Constructing an adverse outcome pathway framework for the impact of maternal exposure to PM2.5 on liver development and injury in offspring. Science of The Total Environment.

3. PM2.5 exposure aggravates acute liver injury by creating an inflammatory microenvironment through Kupffer cell activation. (2023). Ecotoxicology and Environmental Safety.

4. Kruskal WH, Wallis WA. (1952). Use of ranks in one-criterion variance analysis. Journal of the American Statistical Association. 47(260):583–621. DOI: 10.1080/01621459.1952.10483441.

5. Meyerholz DK, Beck AP. (2018). Principles and approaches for reproducible scoring of tissue stains in research. Laboratory Investigation. 98(7):844–855. DOI: 10.1038/s41374-018-0057-0.

6. Kungratov, I. (2026). ASSESSING UNIVERSITY DIGITAL MATURITY AS A DRIVER OF INTERNATIONAL COMPETITIVENESS: IMPROVING THE EVALUATION MECHANISM. MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT, 4, 395-397.

7. Kungratov, I. (2026). ASSESSING ENTERPRISE DIGITAL MATURITY AND IMPROVING THE MECHANISMS FOR STRENGTHENING COMPETITIVENESS. Innovation Science and Technology, 4(9), 716-719.

Downloads

Published

2026-09-22

How to Cite

1.
Azizova FX, Abdusalomov GA, Mamasidikov SS, Xasanov QX. “ONANING HAVONI IFLOSLANTIRUVCHI MODDALARGA SURUNKALI TA’SIRLANISHI SHAROITIDA NASL JIGARINING POSTNATAL RIVOJLANISHI VA DIFFERENSIALLANISHINING XUSUSIYATLARINI IMMUNOGISTOKIMYOVIY BAHOLASH USULI”. TTI [Internet]. 2026 Sep. 22 [cited 2026 Nov. 18];2(9):181-4. Available from: https://tibbiyot-talimi-va-innovatsiyalari.uz/index.php/TTI/article/view/96
Vol. 2 No. 9 (2026): Journal of "Medical Education and Innovations"